Toshkent shahri hokimiyati «Chorsu» bozorining tashqi ko`rinishi butunlay yangilanishi bo`yicha loyihani namoyish etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlik bergan bayonotga ko`ra, hozircha bu taqdim etilayotgan loyihalardan biri sanaladi. Hozircha bu Toshkent aholisining fikrini o`rganish maqsadida taqdim qilinmoqda.

«Go`zal Toshkentning Chorsu bozor kompleksi butunlay yangi qiyofa kasb etishi ko`rinishida Toshkent shahri hokimiyati maxsus fotoloyiha tayyorladi. Hamshaharlarimiz ushbu loyihaga qanday munosabatda bo`lishlari, qiziqishlari, turli fikrlar bildirishlari, qanday xulosa qilishlari biz uchun muhim», - deyilgan shahar hokimiyati xabarida.
















