“Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida jamoat tartibini ta`minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va mobil aloqa markazlarining faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etiladi.
Mazkur konsepsiyani amalga oshirish doirasida jamoat tartibini ta`minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va mobil aloqa markazlarining faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etiladi va ular ichki ishlar bo`limlari xizmat ko`rsatish hududlariga biriktiriladi.
Quyidagilar mobil aloqa markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borish davomida jamoat tartibini ta`minlash kuchlari va jalb etilgan davlat organlari bo`linmalarini nazorat qilish, boshqarish hamda ularning samarali hamkorligini tashkil etishda ichki ishlar bo`limlariga ko`maklashish;
- hodisa sodir bo`lgan yoki signal berilgan joyga jamoat tartibini ta`minlash kuchlarining eng yaqin patrul guruhi darhol etib kelishini ta`minlash orqali huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan ariza, xabar va boshqa ma`lumotlar bo`yicha tezkor chora ko`rish;
- jamoat tartibini ta`minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatlantirish maqsadida, jumladan, hodisa sodir bo`lgan joyga bevosita chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish;
- ommaviy tadbirlarni o`tkazishda va odamlar gavjum joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
- jamoat tartibini ta`minlash kuchlari tomonidan huquqbuzarlik holatlari aniqlangan va qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olingan hollarda ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo`linmalari jalb etilishini tashkil qilish.
20.06.2018 06:35
Toshkent shahrida mobil aloqa markazlari tashkil etiladi






