AsosiyDunyo

Chimkent respublika ahamiyatidagi shahar maqomini oldi

'Chimkent respublika ahamiyatidagi shahar maqomini oldi'ning rasmi

Viloyat ma`muriy markazi Chimkentdan Turkistonga ko`chiriladi. Janubiy Qozog`iston viloyati Turkiston viloyati, deb o`zgartiriladi.

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev “Qozog`iston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishining ayrim masalalari” to`g`risidagi farmonga imzo chekdi.

Farmonga ko`ra, Chimkent respublika ahamiyatidagi shahar maqomini oldi, viloyat ma`muriy markazi Chimkentdan Turkistonga ko`chiriladi. Janubiy Qozog`iston viloyati Turkiston viloyati, deb o`zgartiriladi.

Qozog`iston prezidenti Chimkent Ostona va Olmaota singari aholisi bir milliondan oshib ketgan shaharlar qatoriga kirganligini ta`kidladi.

«Chimkent nafaqat mamlakatimizning, balki Markaziy Osiyo mintaqasining investisiyalar, texnologiya va intellektual resurslarning yangi markaziga aylanadi. Buning uchun barcha shart-sharoit va zarur potensial mavjud», – dedi Nazarbaev.

Turkiston Chimkentdan 170 kilometr Shimoliy-G`arbda joylashgan bo`lib, shaharda 260 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Turkistonda “Hazrati sulton” tarixiy-madaniy qo`riqxona-muzeyi bor, uning hududida Sohibqiron Amir Temur farmoniga binoan qurilgan Xo`ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va o`rta asrlarga oid yodgorliklar mavjud.

    Boshqa yangiliklar