AsosiyJamiyat

Yagona maktab formalari: Barcha savollarga mutasaddilar javob berishadi!

'Yagona maktab formalari: Barcha savollarga mutasaddilar javob berishadi!'ning rasmi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p muhokamalarga sabab bo`layotgan mavzulardan biri - bu maktab formalari masalasidir. Savollar ham tobora ko`payib bormoqda: Uning dizayni ustida kimlar faoliyat olib bordi? Matoning chidamlili va bola uchun qulayligi ta`minlanganmi? Maktablaridagi formalarning bir xil bo`lishi ayrim hududlar uchun noqulayliklar tug`dirmaydimi? Xususiy maktablarda ham ushbu qoidalarga amal qilinadimi? Ota ona maktab tomonidan tavsiya etilgan formalarni sotib olishga majburmi yoki o`zi mustaqil harid qilishi yoki tiktirishi ham mumkinmi?

Barcha savollarga O`zbekiston respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari javob berishadi. O`zbekiston Milliy axborot agentligi va “O`zbekiston 24” radiosining qo`shma loyihasida o`z savollaringiz bilan ishtirok eting! Bugun, 20 iyun kuni soat 15.05 dan boshlab FM 87.9 to`lqinida efirga uzatiladigan “RADIOFACE”dasturida 214-98-85, 214-98-86 telefon raqamlari orqali jonli efirda o`z savollaringizni berishingiz mumkin.

Barcha savollar va unga berilgan javoblarni online rejimida bizning saytimizda kuzatib borish imkoniga ham ega bo`lasiz!

    Boshqa yangiliklar