AsosiyJamiyat

5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan ayol afv etilib, oilasi bag`riga qaytarildi

' 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan ayol afv etilib, oilasi bag`riga qaytarildi 'ning rasmi

12 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida”gi Farmoni imzolandi.

Farmonga muvofiq, ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Farmon bilan afv etilganlarning aksariyati Ramazon hayitini o`z uyida nishonladi.

Paxtachilik Malohat Qalandarova ham ana shundaylardan biri. Sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etilib, bugungi kunda oila davrasiga qaytganidan uning quvonchi cheksiz.

Farmonda belgilab berilganidek, mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik afv etilganlarning har biri bilan alohida shug`ullanib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan ta`minlash, har tomonlama qo`llab-quvvatlash choralarini ko`rmoqda.

Paxtachi tuman hokimligi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari ham Malohat Qalandarova xonadonida bo`lib, bu boradagi vazifalarni belgilab oldi.

    Boshqa yangiliklar