AsosiyJamiyat

Buxoroda ikki kishi zovurda cho`kib, halok bo`ldi

'Buxoroda ikki kishi zovurda cho`kib, halok bo`ldi'ning rasmi

19 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M.lar Xupkalak qishlog`idan oqib o`tuvchi zovurda cho`milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho`kib ketganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, jasadlar suvdan topilib olingan.

"Hurmatli fuqarolar, turli hil cho`milish joylariga boradigan bo`lsangiz, xavfsizlik choralarini ko`ring. O`zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo`lmang. Yosh bolalaringizni cho`milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang", - deyilgan IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar