Yaqinda BMT Bola huquqlari bo`yicha qo`mitasi tavsiyalarining bajarilishini tahlil etish bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig`ilishida BMT Bola huquqlari bo`yicha qo`mitasi tavsiyalarining bajarilishi bo`yicha Milliy harakatlar dasturi tahlil etiladi. Bu jarayonda qirqqa yaqin davlat tashkiloti va xorijiy hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni paytda Tashkiliy guruhning dastlabki uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda tadbirga tayyorgarlik ishlarining borishi muhokama qilindi. Xotin-qizlar qo`mitasi ushbu tadbirdan so`ng O`zbekistonda bolalar huquqlari ta`minlanishi borasida tashkilotlararo ijtimoiy hamkorlikni yangi pog`onaga ko`tarilishiga umid qilmoqda.
Qo`mita axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig`ilishining kun tartibidan, shuningdek, migrant oilalar farzandlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokamasi ham o`rin olgan.