Toshkent shahrida piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo`lga olindi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma`lum qildi.
Ushbu yo`l harakati hodisasi 17 iyun kuni soat 23:40 da Uchtepa tumanining Katta xirmontepa ko`chasida yuz berdi. Oq rangli Spark rusumidagi avtomobil haydovchisi o`zining aybi bilan yo`lovchini urib yuboradi. Biroq, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish o`rniga voqea joyidan yashirinadi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida YTH sodir etganlikda gumon qilingan, 1992 yilda tug`ilgan S.Sh. qo`lga olindi. Uchtepa tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






