O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyunda “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- 2018-2022 yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko`rsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar;
- 2018-2022 yillarda Sog`liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.
2021 yil 1 yanvarga qadar muddatga:
- Korxonalar protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarining ishlab chiqarilgan hajmi bo`yicha yagona soliq to`lovi va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan;
- Protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalari O`zbekistonga olib kiriladigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, instrumentlar va priborlar, kompyuter hamda diagnostika uskunalari bojxona to`lovlaridan ozod qilindi.
Mahalliy ishlab chiqariladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalari turlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash masalalarini o`rganish, shuningdek, loyihalarning keyinchalik respublikada, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilishini ta`minlash bo`yicha mutassadi idoralarga tegish vazifalar yuklandi.






