AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma`lumotli protezchi mutaxassislar tayyorlanadi

'O`zbekistonda o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma`lumotli protezchi mutaxassislar tayyorlanadi'ning rasmi

Nogironligi bo`lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish samaradorligi oshirilmoqda.

Prezidentning 2018 yil 20 iyunda “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ushbu jihatlar nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq:

  • nogironligi bo`lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish samaradorligi oshiriladi, Muruvvat va Saxovat internat uylari tizimi yanada rivojlantiriladi;
  • tibbiy-ijtimoiy muassasalarning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qabul qilish bo`yicha imkoniyatlari kengaytiriladi;
  • ishlab chiqarilayotgan protez-ortopediya buyumlari va reabilitasiya texnik vositalarining sifati yaxshilanadi va ularning turlari kengaytiriladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bir oy muddatda 2018-2022 yillarda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko`rsatishni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo`yicha hududiy kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Shuningdek, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma`lumotli protezchi mutaxassislarni tayyorlanadi.

Moliya vazirligiga tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va ta`mirlashni moliyalashtirishning amaldagi tartibini tanqidiy qayta ko`rib chiqish hamda mazkur sohada ortiqcha tartib-taomillarni chiqarib tashlash, ishlarning shaffofligini ta`minlash va sifatini yanada oshirish bo`yicha aniq takliflarni kiritish vazifasi yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar