AsosiyJamiyat

1 iyuldan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

'1 iyuldan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklarasiyalarini o`z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to`ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, bunga qadar tovarlarni respublikamizga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo`lgan tadbirkor bojxona yuk deklarasiyasini to`ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag` sarflab bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassislar ko`magidan foydalanishga majbur edi.

Endi esa Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo`lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to`la haqli. Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytiga kirib, dastlab o`z tashkiloti nomidan tovarlarni deklarasiyalovchi shaxslar ro`yxatini shakllantiradi. Shundan so`ng “Deklarasiyalovchi shaxslar ro`yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklarasiyalarini real vaqt rejimida to`ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.

    Boshqa yangiliklar