Samarqand viloyatida sudlar tomonidan korrupsiyaga bog`liq bir qator ishlar ko`rib chiqildi. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi xabar berdi.
Jumladan, 2018 yilning birinchi choragida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan 9 nafar shaxsga 8 ta jinoyat ishi ko`rilgan.
211-modda (pora berish) bilan 16 nafar shaxsga nisbatan 14 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan, deya ma`lum qilgan jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudining sudyasi To`lqinjon Qodirov.
Shuningdek, shu davr mobaynida 168-modda (firibgarlik) bilan 201 nafar shaxsga nisbatan 102 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan.






