Nukus shahrining Allayar Do`snazarov va Beruniy ko`chalarining 23-kichik tumanda joylashgan qo`g`irchoq teatri yaqinidagi kesishmasidagi chorrahaga kuzatuv kameralari va yangi svetoforlar qo`yilmoqda. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.
Hozirgi vaqtda ushbu chorrahaga kamera va svetoforlar o`rnatish va montaj ishlari davom etmoqda. Kameralar va svetoforlar qanday joylashganini quyidagi suratlar orqali ko`rish mumkin.
Suratdagi kameralar qachon ishlay boshlashi noma`lum. Taxminlarga ko`ra, kameralar yoniga fotoradar ham o`rnatilishi mumkin.









