AsosiyJamiyat

Toshkentda go`zallik sanoati xalqaro ko`rgazmasi ochildi

'Toshkentda go`zallik sanoati xalqaro ko`rgazmasi ochildi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida XIV “Beauty Expo Uzbekistan — 2018” xalqaro go`zallik sanoati ko`rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

“Expo Position” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko`rgazmada Germaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Turkiya, Koreya, Hindiston, Xitoy kabi o`n beshdan ortiq mamlakatlardan 60 dan ziyod kompaniyalar o`z mahsulotlari, kosmetologik xizmatlari, go`zallik salonlari uchun mo`ljallangan asbob-uskunalari bilan ishtirok etmoqda.

“Beauty Expo Uzbekistan – 2018” ko`rgazmasidan ko`zlangan asosiy maqsad go`zallik sanoati sohasidagi yutuqlarni namoyish etish, davolash-kosmetikasining tabiiy usullariga aholining e`tiborini kuchaytirish, tabiiy mahsulotlar asosida yaratilgan pardoz mahsulotlarini ko`paytirish, soha mutaxassislarining o`zaro fikr va tajriba almashishiga imkon yaratishdan iboratdir.

Ko`rgazma shu yilning 23 iyunigacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar