AsosiyJamiyat

25 iyun kun qanday ob-havo qanday kuzatiladi?

'25 iyun kun qanday ob-havo qanday kuzatiladi?'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 25 iyun kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +19 daraja, kunduzi +32 ... +34 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +19 ... +24 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +18 ... +23 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +31 ... +36 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +18 ... +23 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +31 ... +36 daraja issiq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +10 ... +15, kunduzi +18 ... +23 daraja issiq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +17 ... +22, kunduzi +31 ... +36 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar