2018 yilning 23 iyun kunidan boshlab, shahar jamoat transportida (avtobuslarda) oylik yo`l chiptalarining (AV, O`, T, N) seriyalari elektron ko`rinishidagi kartalarga o`tkazilib, sotiladi.
Ushbu elektron ko`rinishidagi kartalarni 2018 yil 1 iyuldan boshlab, shahar jamoat transportlarida (avtobuslarda) foydalanish mumkin.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko`ra, elektron ko`rinishdagi kartalarni oylik yo`l chiptalari va jetonlari sotish shoxobchalardan xarid qilish mumkin.






