AsosiyJamiyat

Halq ta`limi vazirligiga 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif ​kelib tushdi

'Halq ta`limi vazirligiga 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif ​kelib tushdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, avvalroq xalq ta`limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida fuqarolarga murojaat qilib, O`zbekistonda ta`lim tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha hamkorlikka taklif bilan chiqgan edi. Vazir 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushgani haqida ma`lum qildi:

"Prezidentimiz tomonidan xalq ta`limi tizimi mamlakatimiz kelajagi uchun eng muhim sohalardan ekanligi haqida alohida ta`kidlab o`tilgan edi.

Bu haqiqatda xalqimiz uchun juda dolzarb soha ekanligini birgina mavjud muammolarni echimi bo`yicha odamlardan yig`ilgan onlayn-forma orqali yuborilgan takliflar sonidan ham bilsa bo`lar ekan: 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushibdi, xali ham davom etayapti.Endi ushbu takliflarni tahlil qilib, ularni tizimli ravishda echimini topish bo`yicha ishlashimiz kerak.

Hozirgi kunda Xalq ta`limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo`yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqayapmiz va imkoni boricha ushbu loyihada echimi tez bo`lishi mumkin masalalarni kiritishga harakat qilamiz. Yangi tuzilma tasdiqlanib, Vazirlikda samarali ishlaydigan komandani shakllantirib olganimizdan keyin esa tizimli ravishda muammolar echimi bo`yicha ishlanadi".

    Boshqa yangiliklar