AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi IESlarda yangi bug`-gaz qurilmalari ishga tushirilmoqda

'O`zbekistondagi IESlarda yangi bug`-gaz qurilmalari ishga tushirilmoqda'ning rasmi

Toshkent mezbonlik qilayotgan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari: tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzuidagi xalqaro konferensiyada yalpi sessiyalarda davom etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Anjumanda «O`zbekenergo”AJ vakilining ma`lum qilishicha, mamlakatimizda elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligini amalga oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va boshqa moliyaviy institutlar hamda etakchi xalqaro kompaniyalar ishtirokida hududlardagi IESlarda yangi bug`-gaz qurilmalari ishga tushirildi. Endilikda Navoiy IESda 478 MV, Tolimarjon IESda 900 MV, Toshkent IESda 378 MV quvvatli yangi gaz-bug` qurilmalari ishlamoqda.

Mamlakatimizda elektrostansiyalardan quvvatlarni uzatib berish uchun magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va rivojlantirish bo`yicha ham loyihalar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, OTB ishtirokida Taxiatosh IESdan yangi Sarimoy kichik stansiyasigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish bo`yicha investisiyaviy loyihani amalga oshirish boshlangan.

    Boshqa yangiliklar