Turkiyada bo`lib o`tgan prezident saylovlari natijasiga ko`ra Rajab Toyyib Erdo`g`on mutloq g`alaba qozondi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Mamlakatda bo`lib o`tgan ikki bosqichli ovoz berish jarayonidan so`ng, Turkiya Oliy saylov komissiyasi tomonidanmamlakatning amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdo`g`on 97,7 foiz ovoz to`plagani ma`lum bo`ldi. U raqiblaridan katta farq bilan o`zib ketgan. Byulletenlarning qolgan qismlarini hisob-kitob qilish davom etmoqda. Biroq bu Erdo`g`onning natijalariga ta`sir ko`rsatmaydi. Jarayondan so`ng mamlakat rahbari omma oldida chiqish qildi va uni qo`llab- quvvatlaganlarga minatdorchilik bildirib, Turkiyaning terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashni davom ettirishini ta`kidladi.
“Biz bergan va`damiznibajarishga harakat qilamiz. Terrorchilikka qarshi qat`iyat bilan harakat qilishimiz kerak. Suriya erlarini ham ulardan ozod etishda davom etamiz”, dedi Rajab Toyyib Erdo`g`on.
G`oliblikka da`vogarlik qilgan asosiy nomzod – muxolifat partiyasi o`z mag`lubiyatini tan oldi.






