AsosiyJamiyat

Pskent tumanida oq matoga o`ralgan yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketilgan

'Pskent tumanida oq matoga o`ralgan yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketilgan'ning rasmi

Toshkent viloyatining Pskent tumanida 24 iyun kuni Birlik mahallasida joylashgan markaziy kasalxonasi hududidan oq matoga o`ralgan yangi tug`ilgan sog`lom holdagi o`g`il bola chaqaloq topilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Uning onasini aniqlash choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar