AsosiyJamiyat

Namanganda avtomashinaga o`rnatilgan gaz balloni yorilib ketdi

'Namanganda avtomashinaga o`rnatilgan gaz balloni yorilib ketdi'ning rasmi

24 iyun kuni Namangan shahrida Do`stlik shox ko`chasida joylashgan “Lazaf gold servis” MChJga qarashli avtomashinalarga gaz to`ldirish shahobchasida gaz balloni yorilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, “Oromgoh” MFYda yashovchi Sh.H. o`zining “VAZ-21063” rusumli avtomashinasiga gaz to`ldirayotganida avtomashinasiga o`rnatilgan gaz balloni yorilgan. Natijada avtomashina texnik shikastlangan.

Jarohat olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar