Xitoyning Shanxay shahrida xalqaro “Oltin Qadah” kinofestivali g`oliblarini taqdirlash marosimi o`tkazildi, deb xabar berdi RIA novosti shahri.
Shanxay Xalqaro kinofestivali bu yil yigirma birinchi marotaba o`tkazilmoqda. Unda jahonning 108 ta mamlakati ishtirok etdi. Tanlovga 3400 ga yaqin filmlarariza topshirgan bo`lib, ulardan 13 tasi “Oltin Qadah” sovrini uchun kurashgan.
Uning yakuniga ko`ra, Shvesariya va Mo`g`ilistonlik kinoijodkorlar tomonidan hamkorlikda yaratilgan “Jannatdan tashqarida”kinokartinasi "Eng yaxshi film" nominasiyasi bo`yicha g`olib deb topilgan. Kanadalik aktrisa Izabel Blais esa “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo`lga kiritdi. Amerikalik aktyor Tay Sheridan esa “Eng yaxshi aktyor” deya tan olindi.Xitoylik ssenariynavis Sonar Gyal "Ala Changso" kartinasi uchun mukofot sohibiga aylandi.
Shuningdek, “Oltin Qadah” xalqaro kinofestivalida yana bir qancha yo`nalishlar bo`yicha ijodkorlar mukofotlar bilan taqdirlandi.






