AsosiyJamiyat

Rishtonda kulolchilik festivali bo`lib o`tdi

'Rishtonda kulolchilik festivali bo`lib o`tdi 'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Rishton tumanida 21 – 24 iyun kunlari 1 – xalqaro "Kulollar va kulolchilik mahsulotlari" festivali bo`lib o`tdi. Festivalda O`zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Rishton tuman hokimiyati.

"Tashkilotchilar ushbu festivalni doimiy ravishda o`tkazib turishga qaror qilishdi. Kelgusida Turkiya, Italiya, Ozorbayjon davlarining kulollarini ham festivalga jalb etish rejalashtirilgan", - dedi tuman xokimining o`rinbosari Abdusalom Siddiqov.

Vstavka keramiki v Rishtane

Festivalga, shuningdek, Yaponiya,Germaniya, Fransiya,Belorus, Buyuk Britaniya, Tojikiston, Qirg`iziston kabi davlatlardan xorijiy sayyohlar ham tashrif buyurdi.

    Boshqa yangiliklar