Kecha, 25 iyun kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi B.A. «Urg`i» MFY hududidan oqib o`tuvchi Shahrixonsoy kanaliga o`zini va birga yashagan farzandlari M.A. hamda Sh.A.ni tashlab yuborgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa guvohi bo`lgan Urg`i mahallasida yashovchi Sh.M. ularni soydan chiqarib olganiga qaramay, farzandlar voqea joyida vafot etgan. Mudhish ishga qo`l urgan ona esa kasalxonaga yotqizilgan.






