AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada mamlakat uchun eng yuqori havo harorati kuzatildi

'Buyuk Britaniyada mamlakat uchun eng yuqori havo harorati kuzatildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning London shahrida ayni kunlarda yuqori havo harorati kuzatilmoqda, deya xabar berdi Segodnya.ua nashri.

Londanda bir necha kundan beri issiq ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Meteorologiya markazi harorat 31 darajaga etganini xabar qilgan. Bu esa Buyuk Britaniya uchun eng yuqori daraja hisoblanadi. Poytaxt aholisi parklarda va favvora yaqinida vaqt o`tkazishga harakat qilishmoqda.

Kunlar issiq bo`lishiga qaramay, aholi yozning yuqori darajada boshlanganidan norozi emas. Aksincha, odamlar quyosh nurlaridan bahramand bo`lishmoqda. Ularning ta`kidlashicha, bu sovuqdan ko`ra yaxshiroq. Buyuk Britaniyada bahor oylari ham o`tgan yillarga qaraganda issiq kelgan edi. Bu kabi yuqori harorat Evropaning bir qator mamlakatlarida hukm surayotgani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar