Osiyoning bir qator mamlakatlarida bo`lgani kabi Hindistonda ham mavsumiy suv toshqinlari ro`y bermoqda, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
Hindistonning ko`plab shaharlarida, xususan, Mumbayda yomg`ir yog`ishi suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Bu esa aholining odatiy hayot tarzini izdan chiqarmoqda. Suv sathi tobora o`sib bormoqda. Transport harakatining iloji bo`lmagach, odamlar o`z manzillariga suv kechib piyoda yurishga majbur bo`lishmoqda. Ko`chalarda botib qolgan yoki biror yaroqsiz holatdagi mashinalarni ko`rish mumkin.
Bir qancha punktlarda qurilishi olib borilayotgan binolar qulab tushgan. Qishloq xo`jaligi soxasi hamda ishlab chiqarish infratuzilmasida muammolar paydo bo`lgan. Musson mavsumi mamlakatga eng katta zarar keltiradigan hodisalardan biri hisoblanadi. Hozirda ko`rilgan umumiy zarar hisoblab chiqilmoqda. Toshqin natijasida qurbon bo`lganlar yo`q.






