AsosiyJamiyat

Bojxona yuk deklarasiyasini to`ldirish tartibi soddalashtirildi

'Bojxona yuk deklarasiyasini to`ldirish tartibi soddalashtirildi'ning rasmi

Bojxona yuk deklarasiyasini to`ldirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Endilikda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari o`z xohishlariga ko`ra bojxona yuk deklarasiyasini bojxona organlariga o`zlari taqdim etishlari yoxud bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassisga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, bojxona yuk deklarasiyalari (BYuD) bojxona organlarining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda ro`yxatga olinishi belgilab qo`yildi.

Bundan tashqari, Yo`riqnomaga BYuDni to`ldirish tartibini soddalashtirish maqsadida bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Jumladan, eksport bojxona rejimiga muvofiq taqdim etilayotgan bojxona yuk deklarasiyalarida qo`shimcha ravishda ko`rsatiladigan eksport qiluvchining KTUT va STIR raqamlarini ko`rsatish talablari bekor qilindi.

Shu o`rinda, import bojxona rejimiga muvofiq taqdim etilayotgan bojxona yuk deklarasiyalarida qo`shimcha ravishda ko`rsatiladigan import qiluvchining KTUT va STIR raqamlarini ko`rsatish talablari ham bekor qilindi.

Bundan tashqari, amaliyotda yuzaga kelgan muammolardan kelib chiqib, Yo`riqnomadagi normalarni bir xilda talqin qilish maqsadida, ayrim grafalarni to`ldirish tartibi aniqlashtirildi.

    Boshqa yangiliklar