25 iyun kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida «O`zbekiston» MFYda yashovchi B.M. «PAZ-3772» rusumli yuk avtomashinasini «Kulba» MFY hududidan o`tuvchi «G`allaorol—Qo`ytosh—Forish» yo`lining 87-kilometrida haydab ketayotganda salon qismidagi gaz trubkasi yorilishi oqibatida portlash sodir bo`ldi.
Elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida salonda yig`ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash ro`y berib, yong`in kelib chiqdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirildi.
Portlash oqibatida 11 yoshli yo`lovchi S.G`. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo`ldi. Uning qarindoshi, 13 yoshli O.G`. va haydovchi B.M. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizildi.






