AsosiyJamiyat

Davlat soliq xizmati organlariga qator huquqlar berildi

'Davlat soliq xizmati organlariga qator huquqlar berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan davlat soliq xizmati organlariga quyidagi huquqlar berildi:

soliq to`lovchi qayd etilgan manzilda bo`lmagan, shuningdek, soliq to`lovchi tomonidan soliq yoki moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda soliq to`lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo`yicha operasiyalarni to`xtatib turish;

davlat ulushlari bo`yicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalarni undirish;

soliq to`lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to`lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo`llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo`yicha joyiga chiqqan holda mavzuga oid va ekspress-o`rganishlarni amalga oshirish;

yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to`lovchi-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko`p bo`lmagan summada so`zsiz hisobdan chiqarish.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining “Respublika axborot-maslahat markazi” va “Soliq deklarasiyalarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonalari negizida “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini uning hududiy markazlarini tuzgan holda tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.

Quyidagilar “Soliq-servis” DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

soliq to`lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko`maklashish, shuningdek, hisobotlar va deklarasiyalarni qabul qilish bo`yicha soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish;

davlat soliq xizmati organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik, dasturiy va axborot ta`minotini boshqarish;

davlat soliq xizmati organlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan hujjatlarni qog`oz va elektron shaklda markazlashgan holda arxivda saqlash;

“call-markaz” maxsus servisi orqali aholiga axborot xizmatlarini ko`rsatish;

soliq to`lovchilarni elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo`yicha o`qitish, ularga soliq to`g`risidagi qonun hujjatlari normalarini etkazish;

axborotni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;

davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish.

Davlat soliq qo`mitasi:

davlat soliq xizmati hududiy organlarining yuqorida ko`rsatilgan funksiyalarni bajaradigan boshqaruv xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;

Ma`lumotlarni qayta ishlash markazi ishini tubdan takomillashtirish, jumladan, soliq to`lovchilar uchun yangi dasturiy mahsulotlar va servislarni ishlab chiqish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni nazarda tutadi.

    Boshqa yangiliklar