Butunjahon giyohvandikka qarshi kurash kuni munosabati bilan dunyoning ko`plab davlatlarida turli tadbirlar o`tkazilishi davom etmoqda. Jumladan, Tailandda ham, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Tailand va Myanma o`rtasida hamkorlikda o`tkazilgan tezkor operasiyalar chog`ida umumiy miqdori 6 tonnaga teng giyohvand moddalar qo`lga olindi. Ayuttxaya shahrida giyohvandlikka qarshi kurashish idorasi xodimlari tomonidan mazkur moddalarni yo`q qilish tadbiri o`tkazildi. Unda musodara qilingan afyun, geroin va boshqa tabletkalar yoqib yuborildi. Yondirilgan moddalarning umumiy narhi 400 million AQSh dollariga teng.






