AsosiyDunyo

AQShda o`rmon yong`inlari davom etmoqda

'AQShda o`rmon yong`inlari davom etmoqda'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtatida kelib chiqqan o`rmon yong`inlari hamon davom etmoqda. Alanga tobora kengroq maydonni egallab bormoqda.

Shimoliy Kaliforniya bo`ylab 1212 km.gacha cho`zilgan alanga hozirga kelib 8.200 gektar maydonga tarqab ulgurdi. U bilan kurash olib borayotgan o`t o`chiruvchilar soni ham deyarli 300 ga etgan. Ular 22 ta yangi alanga o`choqlari borligi aniqlashdi. 3000 ming kishi xududni tark etib ulgurgan bo`lsa, endilikda olov yana 600 kishiga xavf solmoqda. Shtat hokimi Jerri Braun yong`in markazi hisoblangan Leyk okrugida favqulodda xolat e`lon qildi.

Endilikda alangani bartaraf etish uchun samolyot va vertolyotlar jalb qilingan. Bundan avval buldozerlardan foydalanilgan edi. Ammo hech bir texnika yordamida hozircha uni o`chirishni hamda tarqalishini to`xtatib bo`lmayapti. O`rmon xo`jaliklari, xususiy fermerlar va er egalari ushbu tabiiy ofatdan eng ko`p ziyon ko`rgan.

    Boshqa yangiliklar