AsosiyJamiyat

Shvesiya va Meksika nimchorak finalda, Germaniya 4-o`rinda

'Shvesiya va Meksika nimchorak finalda, Germaniya 4-o`rinda'ning rasmi

Rossiyada davom etayotgan mundialda "F" guruhi o`yinlari yakuniga etdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

So`nggi turda Meksikani 3:1 hisobida mag`lub etgan Shvesiya guruhda birinchi bo`ldi. Meksikaliklar esa to`plar nisbatiga ko`ra ikkinchi o`rinni band etdi.

Osiyo vakili Janubiy Koreya to`plar nisbatiga ko`ra uchinchi o`rinni egalladi. Amaldagi Jahon chempioni Germaniya esa guruhda oxirgi o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar