Kecha, 27 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida «Uychi Sohibkor» agrofirmasi hududidagi «Muhammadmuso Boltaboev» fermer xo`jaligi g`alla maydonida o`rim ishlarini olib borayotgan «CASE-2366» rusumli g`alla o`rish kombaynida yong`in sodir bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.
Yong`in oqibatida kombaynning motor otseki va haydovchi kabinasi qisman yonib zarar ko`rgan. Jarohat olganlar yo`q. Yong`in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






