AsosiyJamiyat

AQSh OAV tarixida ilk bor O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan jurnalist

'AQSh OAV tarixida ilk bor O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan jurnalist'ning rasmi

«Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova 27 iyun — Matbuot va OAV xodimlari kunida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan akkreditasiya guvohnomasini qabul qilib oldi. Bu haqda u Facebook'dagi sahifasidaxabar qildi.

"Akkreditasiyami — akkreditasiya! Guvohnomam qo`limda! Yangi davr", — deb yozadi Navbahor Imomova.

Joriy yilning may oyida Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan jurnalist bo`lgandi. Shu davrgacha muayyan tadbirlarni yoritish uchun ma`lum bir belgilangan muddatli ruxsatnomalar berilgan, biroq malakatda emin erkin faoliyat yuritish uchun hali amerikalik biror bir jurnalist bunday maqomga bugungi kungacha ega bo`lmagan.

Ma`lumot uchun: Navbahor Imomova «Amerika Ovozi»da 2002 yildan beri ishlaydi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. «Amerika manzaralari» turkumidagi teledasturlar muallifi.

Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O`zbekiston radiosining «Xalqaro hayot» tahririyatida boshlagan. O`zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo`yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur universitetidan, magistrlikni esa AQShning Bol Davlat universitetidan olgan. Shuningdek, Garvard universitetidan Davlat boshqaruvi va liderlik bo`yicha magistrlik diplomiga ega.

Navbahor Imamova Vashingtonda Markaziy Osiyo bo`yicha etakchi mutaxassis. 16 yildan beri Amerikaning mintaqaga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh orasidagi munosabatlarni va ular ortidagi omillarni yaqindan yoritib, tahlil qilib keladi. Shuningdek, Amerikada yashovchi o`zbeklar va boshqa markaziy osiyoliklar hayoti haqida chuqur bilimga ega. Diaspora mavzusida G`arb siyosiy va ilmiy doiralarida ma`ruzalar o`qiydi va bu borada qator maqola va materiallar muallifi. Navbahor Imamova nufuzli oliygohlarda O`zbekiston va Markaziy Osiyo bilan bog`liq boshqa mavzularda so`zlab tanilgan. Garvard Universitetida Markaziy Osiyo klubini boshqargan.

    Boshqa yangiliklar