AsosiyJamiyat

Cenatda Bosh prokurorning hisoboti eshitildi

'Cenatda Bosh prokurorning hisoboti eshitildi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati yalpi majlisining o`n beshinchi yalpi majlisida senatorlar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisobotini eshitdilar.

Ta`kidlanganidek, prokuratura organlari tomonidan 2017 yilda qonun ustuvorligini ta`minlash, qonuniylikni mustahkamlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olishga e`tibor kuchaytirildi.

Qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat tadbirlari natijasida fermer xo`jaliklarga 51,3 mlrd. so`mlik kredit, 9,9 mlrd. so`mlik ish haqi olishda hamda 5,8 mlrd. so`mlik debitorlik qarzdorligini undirishda, 375 fermer xo`jaligining bankda hisob raqamlarini ro`yxatdan o`tkazishda va ochishda amaliy yordam berildi.

Nazorat tadbirlari vaqtida 15,5 ming gektar asossiz berilgan yoki noqonuniy foydalanilayotgan erlar zaxira jamg`armasiga qaytarildi. Irrigasiya va meliorativ tadbirlarni o`tkazish uchun ajratilgan 114 mln. so`m, 61,8 mlrd. so`mlik ish haqi, kredit va boshqa to`lovlar talon-taroj qilingani aniqlandi. Aybdorlar javobgarlikka tortildi.

Nazorat tadbirlari davomida 51 ming 260 tadbirkorlik sub`ektining huquqlari buzilgan holatlar, shu jumladan, 53ta noqonuniy aralashish holati va yana shuncha noqonuniy tekshiruv, 752ta noqonuniy qaror qabul qilingan holatlar aniqlandi. 49 ming 866 nafar tadbirkorning huquqlari va 797 nafar tadbirkorning faoliyati tiklandi.

Prokuratura organlari tomonidan 155 mingdan ortiqfuqaroning buzilgani huquqlaritiklandi.Qo`pol qonun buzilishi bo`yicha 3 mingdan ortiq jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Aholi bilan ochiq muloqot o`tkazish amaliyoti natijasida prokuratura idoralari mas`ul shaxslarining xalqqa yaqinlashuvi ta`minlanmoqda. Bunday muloqotlar natijasida 289 ming murojaat hal etilgan.

Fuqarolarning prokuratura organlariga murojaat qilishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha qulayliklar yaratilgan. O`tgan yilda aholidan 102 mingdan ziyod murojaat qabul qilindi va ko`rib chiqish choralari ko`rildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha ko`rilgan choralar natijasida jinoyatchilik 15 foizga kamaydi. Joriy yilda bu ko`rsatkich 40 foizni tashkil etmoqda.

Hisobotni eshitgach, senatorlar tomonidan jamiyatda adolatni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta`minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi haqida fikrlar bildirildi.

    Boshqa yangiliklar