Oliy Majlis Senatining o`n beshinchi yalpi majlisida senatorlar R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari bilan bog`liq savollar berdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Savollardan biri sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishining qanday ketayotgani haqida bo`ldi.
Bunga javoban Bosh prokuror O.Murodov ayni paytda R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom etayotganini ma`lum qildi.
Jinoyat-prosessual qonunchilik nuqtai nazaridan tergov tafsilotlari oshkor etilmaydi.
Bir narsani aytib o`tish mumkinki, sobiq bosh prokuror Qodirovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida 24 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Fuqarolarga shuni etkazib qo`yish kerakki, deb qayb etdi Bosh prokuror, bu kabi jinoyat ishlari qo`zg`atilishidan maqsad – bunga yo`l qo`ygan shaxslarni qamash emas, balki etkazilgan zararni undirish. Boshqacha aytganda, ular egan narsalarini joyiga qo`yib qo`ysa, qamoqdan ozod qilinib, qo`yib yuborilishi ham mumkin.
Lekin talon-toroj qilingan mablag`lar juda katta miqdorni tashkil etadi. Vaqti kelib xalqimiz buning hammasini bilib oladi.
28.06.2018 12:11
R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha ma`lumot berildi






