O`zbekiston mustaqilligining yigirma etti yilligi “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!” shiori ostida o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyunda “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan xalqimizning asriy orzusi bo`lgan, Vatanimizning necha ming yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a`zosiga aylantirgan O`zbekiston mustaqilligining yigirma etti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayramga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.
Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!”degan g`oyani o`zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ`ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Mazkur dastur 2017 – 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi bilan uyg`un holda tayyorlanadi.






