“Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq Samarqand shahrida “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi.
Universitet turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlash bilan shug`ullanadi.
2018/2019 o`quv yilida Universitet bakalavriatiga qabul qilish kvotasi 125 kishi, jumladan, davlat grantlariga ko`ra 42 kishi etib belgilandi.






