AsosiyJamiyat

Yoshlar kuni: Kattaqo`rg`onlik yoshlar o`z hokimi bilan uchrashishdi

'Yoshlar kuni: Kattaqo`rg`onlik yoshlar o`z hokimi bilan uchrashishdi'ning rasmi

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan turli tadbirlar o`tkazilmoqda.

2018 yil 29 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahrida shahar hokimi Muzaffar Hoshimov bilan «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo`lib o`tmoqda. Uchrashuvda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari S.Shukurov ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida tumandagi yosh tadbirkorlarga 50 mln so`m miqdordagi kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar, fan olimpiadalari g`oliblariga sovg`a va faxriy yorliqlar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar