Markaziy Osiyo yoshlar forumining 2-plenar sessiyasi «Markaziy Osiyo hududida madaniy hamkorlik» mavzusida o`tkazildi. Sessiyada so`zga chiqqan O`zbekiston madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov quyidagilarni ta`kidladi:
– Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar siyosati muhim yo`nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, yoshlar – davlat va jamiyat rivojiga hissa qo`shuvchi aholining katta qismi sanaladi.
Biz – san`atkorlar yurtimiz madaniyatini dunyoga tanitish, tinchlik g`oyasini ilgari surish maqsadida atoqli shoirimiz Erkin Vohidov qalamiga mansub «Inson qasidasi» she`ri asosida chet tillarida qo`shiq yaratishni niyat qildik.
Bundan tashqari, Qirg`iziston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o`tkazilmoqda. Yosh ijodkorlar o`rtasida tashkillashtirilgan sport o`yinlari shular jumlasidandir. Boshqa qo`shni mamlakatlar bilan ham madaniyat sohasidagi aloqalarimiz rivojlanib bormoqda.






