Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan xamkorlikda Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani o`tkazilgan “Qoradori - 2018” tezkor tadbirlari davomi bir qator qonunbuzarliklar fosh etildi.
Xususan, fuqaro M.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, bu erdagi tomorqada 6 tup kannabis hamda 50 tup ko`knori o`stirilayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, xonadonda mazkur o`simliklarning “hosili” saqlanayotgan bankalar ham topildi. Ularning birida 4,7 gr. quritilgan ko`knori guli va ko`saklari, ikkinchisida 30,9 gr. marixuana borligi aniqlandi. Hovlidagi tandirxonada esa 44,9 gr. ko`knori poyalari eski choponga o`ralgan holda yashirib qo`yilgan ekan.

Toshkent viloyati bojxona bosharmasi axborot-xizmati xabariga kshra, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan bo`lib, tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Shu o`rinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi fuqarolardan shunga o`xshash holatlar haqida (371) 235-07-61 raqamli ishonch telefoniga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o`tadi. Ma`lumot bergan shaxslarning ism-shariflari sir saqlanishi kafolatlanadi.






