O`zbekiston Respublikasi o`n beshinchi yalpi majlisi o`z yakuniga etdi, deb xabar berdi O`zA.
Majlis davomida Senat vakolatlariga kiradigan 23 masala, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga qaratilgan 10 qonun ko`rib chiqildi.
Ta`kidlanganidek, senatorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishda, mamlakatimiz yon-atrofida xavfsizlik muhitini yaratishda, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashda, mamlakatimizda barqarorlik va farovonlikni ta`minlashda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Shuning bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisi ishi yakunladi.






