Odamlarga qilgan yaxshiligimizni hammaga ma`lum qilib va shuning ortidan mashhurlikga intilish bu bizning mentalitetimizga yod bo`lgan unsurday tuyuladi go`yo. Ajdodlarimizning “O`ng qo`ling qilgan yaxshilikni chap qo`ling bilmasin”, “Yaxshiligingni aytsang savobi ketadi” kabi maqol va aforizmlaridan ham buni anglash mumkin. Aksariyat deputatlarimiz ham kamtarlik bilan bajargan ko`pgina ezgu xizmatlarini e`tirof etavermasligi ham shundandir balki.
Ammo bugungi kunda ezgulikni targ`ib etish uchun va ayniqsa yoshlarga namunali deputatlarimizni tanitish va shu orqali ularni siyosatga jalb etish ham ma`rifatdir. Yoshlarga real insonlarning real ishlarini ko`rsatib bera olmasak kutilgan natijaga erisha olmaymiz.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Farhod Abdullaev fidoyi deputatlarimizdan ekanligini hamma ham bilavermasligi mumkin. Nafaqat O`zbekistonnig balki O`rta Osiyoning strategik muhim korxonalaridan biriga rahbarlik etish bilan bir qatorda deputatlik faoliyatini ham faollar qatorida O`zbekiston “Adolat” SDP bilan amalga oshirib keladi. Aholining muammolarini o`rganish va bartaraf etishda barcha sohaga ayniqsa partiya elektoratlaridan hisoblangan sog`liqni saqlash sohasiga, ziyolilarni va yoshlarni qo`llab-quvvatlash, xususan ta`lim sohasiga ham jiddiy e`tibor qaratgan.
Qariyib 7 yildirki hali deputat maqomini olmay turib, Sergeli tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun yordamchi hisolanmish 33-sonli maktab o`quvchilarini, huddi shu turdagi mahsus kollejga qatnashi uchun o`zi rahbarlik qilayotgan korxona homiyligida alohida avtobus ajratib xolisona xizmat yo`lida jonbozlik ko`rsatib keladi. Ko`ngli o`ksik farzandlarimizning xolidan xabar olish maqsadida maktabga doimo tashrif buyurib turadi. Shunday tashriflar chog`ida maktab binosining tomi ta`mirtalabligini ko`rgan Farxod Ravshanovich boshqarayotgan korxona homiyligida muassasa tomini to`la ta`mirdan chiqarishga erishdi.
33-maktab direktori Aziza Solixovna:
— Farxod Abdullaev Toshkent shahar Kengashi deputati. Lekin u Sergeli tumanidan saylanmaganligini bahona qilib, mening xududim emas, demak mening vazifamga ham emas”, - deya bosh qo`shmay yurishi ham mumkin edi. Lekin u xaqiqiy deputat. Doimo xalq bilan birga bo`lishga intiladi, ularning dardi bilan yashaydi. O`zbekiston “Adolot” SDP tumanimizda va shaharda turli loyihalar bilan o`zlari ham, deputatlari ham doimo xalq ichida. Olisimizni yaqin, sinig`imizni butun etgan deputatimiz va partiyadagilar nafaqat ushbu maktab va kollejda tarbiyalanayotgan bolalar balki ularning ustozlari va ota-onalarining ham og`irini engil etib, xursandchiligi va mamnuniyatli duolariga sazovor bo`lmoqda”, deb o`z minnadorchiligini izhor etdi.
Sergeli tumani “Al Farg`oni” MFY raisi Nargiza Isakova:
— Mahalla chorrahasida svetofor yo`qligi sabab muntazam yo`l harakati hodisalari sodir bo`lib turar edi. Afsuslar bo`lsinki buning oqibatida insonlarning nogiron bo`lishi, hatto bevaqt qurbon bo`lishi holatlari ham uchragan. Bunday vaziyatlarni ko`rib kuyingan Farhod Abdullaev chorrahaga svetafor qo`yishni so`rab yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga deputatlik so`rovi bilan murojaat qildi. Ta`kidlash joizki. so`rovga javoban o`z navbatida mutasaddi boshqarma ham tezkorlik bilan joyni o`rganib masala ijobiy hal etilgani va natijada aksar ko`ngilsizliklar va baxtsiz hodisalarning oldi olingani odamlarning ko`nglini ko`taradigan ish, – deya e`tirof etmoqda.
Birgina 2017 yil davomida deputatga murojaat etib, hal bo`lgan muammolar va bajarilgan ishlarni sanab o`tadigan bo`lsak. O`zi saylanagn Yashnabod tumani 35-saylov okrugi xududidagi 165, 558-MTMlar, 149, 255-sonli umumiy o`rta ta`lim maktablar holatini yaxshilash bo`yicha deputat so`rovi natijasida, 165-MTM rekonstruksiya qilindi tashabbuskor tadbirkorlarni jalb etib, 9 ta mahalladan 9 nafar nogironligi bor shaxsga nogironlik aravasi hamda 69 nafariga sovg`alar taqdim etildi. 9 ta nuroniylarga sog`ligini tiklash uchun “Oq tosh” dam olish uyiga yuborildi. 84 nafar Ikkinchi Jahon urishi va front orti mehnat faxriylariga tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida sovg`alar tarqatildi. Chamasi 10 yildan buyon ishlamayotgan ikki dona lift kapital ta`mirlab ishga tushirilishiga erishildi. 17 yildan beri nosoz xoldagi drenaj nasos ishga tushirildi, shu kabi misollarni yana uzoq davom etirish mumkin.
Deputataning ishlaridan ruhlanib, o`rnak olayotgan insonlar ham talaygina. Ular ham ijtimoyi va siyosiy faol bo`lishga, fuqoroviy pozisiyalarini nomoyon etishga harakat qilmoqda. Farhod Abdullaevga havas qilgan va deputatlik faoliyati guvohi bo`lib yurgan xamkasblari Ikrom Babaxanov, Mirlaziz Saidov hamda Ravshan Gulamovlar ham partiya faollari sifatida siyosiy jarayonlarda ishtirok etib natijada tuman Kengashi deputatligiga saylanishdi. Tajribali deputat ustozlik etayotgani sabab ular ham sezilarli natijalarni ko`rsatmoqda. Deputatlar faoliyat olib borayotgan korxona yoshlari bu “maktab”dan unumli foydalanish va taraqqiyotimizga hissa qo`shishni istab bugungi jadallik bilan o`tayotgan xayotimizda demokratik tashabbuslari va siyosiy pozisiyalari bilan sobit harakatlanmoqda. Buning natijasi o`laroq yangi a`zolar va yangi boshlang`ich partiya tashkiloti shakllandi. Tashkil etilgan yangi BPTga rais sifatida Samandar Yunusov tavsiya etildi. 23 yoshli Samandar horijda, Singapurdagi oliygohni tamomlab yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo`shish maqsadida O`zbekistonga qaytib kelib o`z faoliyatini boshladi. Kasbiy vazifasi bilan bir qatorda partiyamiz loyhalarini amalga oshirish barobarida joylardagi muammo o`rganishlarda va partiya dasturiy maqsadlarini targ`ib etishda ishtirok etib keladi. Ushbu harakatlarini inobatga olgan holda tuman Kengashi yig`ilishida Samandar Yunusovning nomzodi yangi tashkil etilgan BPTgi raisi deya tasdiqlandi.
“Yaxshilikni har kim har kuni qilish kerak” degan gaplarni bot-bot eshitamiz, ammo bu faqat balandparvoz gap emas amaldagi ishida ko`rinayotgan deputatlarimiz borligi kishini quvontiradi. Qani endi hammamiz ham qo`limizdan keladigan, biz bilan bog`liq bo`lgan har qanday ishni ijobiy hal etsak hayotimiz bundanda farahbahsh bo`lmasdi.






