Nigeriya poytaxti Lagosda o`nlab transport vositalari yonib ketdi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Voqea natijasida qurbonlar bor.
Nigeriyaning Lagos hamda Ibadan shaharlarini bog`lovchi avtomobil yo`lida neft tankeri portlab ketdi. U yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan, degan taxminlar bor. Kelib chiqqan alanga sabab atrofdagi jami 53 ta atransport vositalari ham butunlay yonib ketgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ularning 5 tasi avtobus, 3 tasi velosiped va 45 tasi engil mashinalar bo`lgan. Mazkur holat 9 kishining hayotdan ko`z yumishiga hamda 4 nafar insoning jarohat olishiga olib keldi.
Hodisa ko`prik atrofida ro`y bergan. O`z mashinasidan tushishga ulgurgan odamlar ko`prikdan narigi tomonga o`tib olishgan. Davlat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi voqeaga yuk mashinasining tormozi ishlamagani sabab bo`lgan, deya xabar qilmoqda. Hozirda kulga aylangan transportlarni yo`ldan tozalash ishlari olib borilmoqda.






