AQShning Merlian shtatida joylashgan gazeta idorasi binosida otishma sodir bo`ldi. Voqea natijada kamida 5 kishi halok bo`lgan, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Shtatning Anapolis shahrida joylashgan “Capital Gazette” ofisi binosiga no`ma`lum shaxs qurol bilan hujum qildi. U oynavand eshiklarga qarata o`q uzgan va bir necha daqiqa ichida jurnalistlar o`tirgan xonani butunlay vayron qilgan. Hodisa oqibatida kamida 5 nafar inson qurbon bo`lgani va yana bir necha kishi yaralangani xabar qilinmoqda. Ularning barchasi gazeta muxbirlari edi.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, jinoyatchi tinimsiz o`q uza boshlagach, axborot xonasida ishlab o`tirgan odamlar ish stollari ortiga yashirinishgan. Voqeani sodir etgan shaxs qo`lga olindi. U Jordan Ramos ismli shaxs bo`lib, u haqida hozircha boshqa ma`lumotlar yo`q.
Hozirda bino atrofi o`rab olingan. Mazkurhxolat terroristik xujum, deya baholanmayapti. Gazeta muxbiri Filipp Devis ushbu holat gazetada chop etilgan xabarlar bilan bog`liq bo`lishi mumkinligini aytgan. Biroq bu taxmin ham hali tasdiqlangani yo`q.






