AsosiyDunyo

Keniyadagi bozorlardan birida katta yong`in sodir bo`ldi

'Keniyadagi bozorlardan birida katta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Keniyada joylashgan mamlakatdagi eng katta savdo majmuasi alanga ichida qoldi. Ushbu fojia tufayli ko`plab odamlar jabrlangan, deb xabar berdi Rentv.ru nashri.

Mamlakatning Nayrobi mintaqasida joylashgan Gikomba bozorida kelib chiqqan alanga 15 kishini hayotdan olib ketgan. Shuningdek, kuyish jarohatini olib kasalxonaga tushganlar soni 70 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar orasida bolalar ham borligi xabar qilinmoqda. Olov qisqa daqiqalar ichida yaqin oradagi uylarga ham o`tdi. Ushbu bozor aholi zich yashaydigan hududda joylashgan bo`lib, alanga yog`ochlar orasidan kelib chiqqan, degan taxminlar bor.

Bu erda elektr tarmog`i bilan bog`liq muammolar tez-tez sodir bo`lib turadi. Shu tufayli bozor bir necha bor zarar ko`rgan. Ammo bu gal u butunlay vayron bo`ldi. Gikombo Sharqiy Afrikadagi eng yirik ochiq bozor hisoblanadi. Bu erda asosan ikkinchi qo`l buyumlar savodosini ko`rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari boshlab yuborildi.

    Boshqa yangiliklar