AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi

'O`zbekistonda qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi'ning rasmi

Joriy yil 1 avgustidan boshlab Markaziy bank zaxirasidagi qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi, deb xabar qildi "Xalq so`zi" nashri.

Bu haqda O`zbekiston prezidentining joriy yil 7 iyundagi qarorida qayd etilib, ularni sotish va qayta sotib olish tartibini o`rnatish vazifasi topshirilgan.

Bu kelgusida milliy valyutani xorijlik investorlar, numizmatiklar tomonidan katta qiziqish bilan xarid qilinishiga zamin yaratadi. Qolaversa, bu orqali respublikaga sayyohlar oqimi ortishiga, O`zbekiston tarixi va madaniyatini tanitishga sharoit yaratadi.

    Boshqa yangiliklar