Davlat test markazi 2018-2019 o`quv yilida oliy, oliy harbiy ta`lim muassasalari va harbiy akademik liseylarda qabul uchun o`tkaziladigan test sinovlariga sifatli hamda o`z muddatida tayyorgarlik ko`rish, o`tkazish maqsadida 2018 yilning 26 iyundan boshlab yopiq ish rejimiga o`tkazildi. Bu haqda DTM saytida ma`lum qilindi.
Yopiq ish rejimi boshlanganligi munosabati bilan Davlat test markazida fuqarolarni qabul qilish, diagnostik test materiallari bo`yicha buyurtmalar qabul qilish va fuqarolar bilan boshqa vakolatli masalalar bo`yicha ish olib borish 2018 yil 15 sentyabrga qadar to`xtatiladi, shuningdek, tegishli boshqarma va bo`limlarda telefon aloqalari o`chiriladi. Bu davrda muddatli navbatchilik joriy etiladi.






