AsosiyJamiyat

Bir guruh fidoyi yoshlarga «Mard o`g`lon» Davlat mukofoti topshirildi

'Bir guruh fidoyi yoshlarga «Mard o`g`lon» Davlat mukofoti topshirildi'ning rasmi

Toshkent shahar Yoshlar markazida «Mard o`g`lon» Davlat mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo`jaev ishtirok etdi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi «Mard o`g`lon» Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda faollik ko`rsatayotgan bir guruh mard o`g`lonlar shu yuksak mukofotga loyiq ko`rildi.

photo5312313249217227043.jpg

Toshkent shahridan Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori Jamshid Abdulboqiev va O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Ravshanbek Shukurov «Mard o`g`lon» Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Aytish kerakki, mukofot sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul ham ajratiladi.

photo5314386571664926975.jpg

– Baxtli yoshlardan biriman, – deydi «Mard o`g`lon» Davlat mukofoti sohibi Rovshanbek Shukurov. – Bugun menga bildirilgan ishonchni g`ayrat-shijoat bilan oqlashga harakat qilaman.

photo5314386571664926978.jpg

Ishonamizki, bu mukofot elimizning jo`mard, fidoyi, jonkuyar va ona tuprog`i osoyishtaligini har narsadan ustun qo`yuvchi alplarni tarbiyalashdek ulug` maqsadga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar