Bristol universiteti talabalari 60 yoshli farrosh uchun qariyb 2 ming dollar yig`ib berishdi, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Ma`lum bo`lishicha, farrosh German Gordon o`zining oila a`zolari qolgan vatani Yamaykaga 15 yildan beri bormagan ekan. Bundan xabar topgan talabalar 5 kun ichida yo`lga va mayda-chuydalar uchun etadigan mablag`ni yig`ib berishdi. Negaki Gordon talabalarni eng qiyin vaziyatlarda ham kulib turishga undab kelgan.
Talabalarning mehribonchiligidan esa Gordon quvonch ko`zyoshlarini tiyib turolmadi.






